
Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida eski ko‘rinishda bo‘lgan mahalla markazi qayta ta’mirlanishi natijasida zamonaviy mahalla guzari barpo etildi.
Yurtimizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Navbahor tumanida ham aholi yashash sharoitlari va qishloqlarda infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Obod markaz” loyiha doirasida Beshrabod hamda Yangiqo‘rg‘on aholi punktlari markazlarida olib borilgan bunyodkorlik ishlari bunga yaqqol misoldir.
“Paxtakor” mahallasida bugungi kunda 833 ta xonadonda 3390 nafar aholi istiqomat qiladi.
Yangi mahalla guzarida mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari va profilaktika inspektori uchun alohida xonalar, shuningdek, 6 ta savdo do‘koni, 3 ta umumiy ovqatlanish shaxobchasi, 2 ta nonvoyxona, 2 ta kichik tikuvchilik sexi, 1 ta “Nuroniylar” choyxonasi, 1 ta bolalar o‘yingohi, 1 ta kattalar uchun sport maydoni, 1 ta favvora qurildi. Ushbu ob’ektlarning ishga tushishi natijasida mahallaning 52 nafar ishsiz fuqarosi ish bilan ta’minlandi.
Mahalla guzari hududida 4,1 milliard so‘mlik bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shundan 200 million so‘mi mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan, qolgan 3,9 milliard so‘m mablag‘ tadbirkorlar va homiylar mablag‘lari hisobidan sarflandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |