Bugun Sirdaryoda yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda Xalq qabulxonalari ham munosib ishtirok qilmoqda.
Suv toshqinidan zarar koʻrgan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining aholisiga “Saxovat koʻmagi”ning kelishi va xayr-ehson aksiyasi tadbirlari qizgʻin davom etmoqda.
Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda Jizzax viloyatidan 20 ta quruvchi tashkilot tarkibida 600 nafarga yaqin payvandchi, gʻisht teruvchi, boʻyoqchi, duradgor va boshqa qurilish ustalari ishtirok etayotir. Ular Mirzaobod tumanidagi 112 turar joyni qayta tiklamoqda.
Buxoro viloyati Romitan tuman hokimi Xurshid Tohirov tomonidan ogʻir sharoitda yashayotgan oilalarni daromad topishga oʻrgatish, ularning hayotini yaxshilash maqsadida 268 ta oilaga qoramol, parranda hamda tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Yurtimizda epidemiya sabab eʼlon qilingan karantin natijasida koʻplab ishlab chiqarish, qurilish, xizmat koʻrsatish va savdo nuqtalari toʻxtab qolgan edi. Shu vaqt mobaynida aholi orasida ayrim ijtimoiy maishiy muammolarga duch kelganlar soni ham ortgani haqiqat.
Davlat xizmatlari uchun pandemiya bilan bogʻliq qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin? Davlatlar karantin choralari va iqtisodiy toʻsiqlar sharoitida nima qilishlari kerak? Xalqaro savdo va logistika qanday qiyinchiliklarga duch keldi? Karantin davrida jamiyatni safarbar qilishda qanday ijtimoiy innovatsiyalar va aqlli qarorlar yaxshiroq yordam beradi? Pandemiyadan keyin barqarorlikni qanday taʼminlash mumkin?
Buxoro viloyati Jondor tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari N.Yakubov karantin davrida ishsiz va band boʻlmagan, pandemiya sababli vaqtincha ish joyini yoʻqotgan aholi bandligini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Yoshlar ittifoqi va sektorlar bilan hamkorlikda yoshlar muammolari bilan ishlash, ayniqsa, ularning bandligini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Sariosiyo tumani markazidan 110 kilometr uzoqlikda joylashgan Kundaijuvoz qishlogʻi aholisi bilan uchrashdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |