Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Prezident tanqid qilgan Bunyodkor mahallasida ish boshlandi

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida shahar chekkasidagi Bunyodkor mahallasini borib ko‘rib, bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid ekanligi, aholining farovon turmushi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma talab darajasida emasligini keskin tanqid qilgandi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ham Prezidentimizning haqli e’tirozlaridan tegishli xulosa chiqargan holda va tegishli ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida 12 ming kishi istiqomat qiladigan chekka hududda tarmoq tortish ishlarini izchillik bilan olib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017 — 2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga aholi iste’molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 95 dona yangi temir-beton tayanch, qo‘shimcha 250 kVAli transformator punkti va 3.4 kilometr masofa bo‘ylab yangi tarmoq qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

– To‘g‘risi, qachon bizning mahallada ham o‘zgarish bo‘larkin, qachon hokimlarning, rahbarlarning qadami yetarkin, degan o‘y bizni ancha yillardan beri qiynab kelardi, – deydi Bunyodkor mahallasi “Ustalar” ko‘chasi, 62-xonadonda yashovchi Gulnora Jumaxunova. – Orzu-istaklarimiz 30 yil deganda, davlatimiz rahbarining tashrifidan keyin ro‘yobga chiqayotganidan xursandmiz. Prezidentimiz tashrifining ertasigayoq mahallamizda ulkan o‘zgarishlar boshlandi. Ayniqsa, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarimiz, g‘ira-shira yonadigan chiroqlarimiz, bizni jiddiy xavotirga solib keladigan toza ichimlik suvi muammolariga yechim topilayotgani behad quvonarlidir.

Mazkur ishlar natijasida iste’molchilarning elektr energiyasi bilan bog‘liq e’tirozlari bartaraf etiladi.

Mahallada olib borilayotgan tarmoq tortish ishlari “Sanoat”, “Gaiston”, “Mustaqillik 10 yilligi”, “Sardor”, “Chorvador”, “Bog‘bon”, “Yangi zamon”, “Bahor” ko‘chalarini qamrab olmoqdaki, bu ushbu hududlar yorug‘ligini ta’minlaydi. Xonadonlarda elektr ta’minotini bir maromda kechishiga xizmat qiladi.

26.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar