
Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzaqov Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasi aholisi bilan uchrashib, bugundan boshlab ushbu mahallada istiqomat qilishini bildirdi.
Eslatish joiz, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Namanganga tashrifi davomida ushbu mahallada bo‘lib, hududdagi ahvolni tanqid ostiga olgan edi.
– Sizlarga qo‘shni bo‘laman, uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi, - dedi viloyat hokimi Sh. Abdurazzaqov aholi bilan uchrashuv chog‘ida. – Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga “Viloyat hokimining uyi”, deb yozib qo‘yiladi. Hududdagi obodonlashtirish ishlarini o‘zim nazorat qilib boraman. Mahallaning 3 gektar joyida kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan ming nafar odam ishli bo‘ladi.
Erta tongdan ushbu mahallaga yuzlab ishchi va hasharchilar jalb etildi. Shaharning chekka hududida yerlarni tekislash, elektr tarmoqlarini tortish, obodonlashtirish ishlari boshlandi. Uzoq yillar davomida foydalanishda bo‘lgan chiqindixona yopiladigan, mahalla idorasi esa qaytadan quriladigan bo‘ldi. Asosiysi, mahallaga tez orada toza ichimlik suvi keltiriladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |