2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namangan viloyati hokimi Prezident tashrifi chog‘ida holati tanqid qilingan mahallaga ko‘chib o‘tdi

Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzaqov Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasi aholisi bilan uchrashib, bugundan boshlab ushbu mahallada istiqomat qilishini bildirdi.

Eslatish joiz, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Namanganga tashrifi davomida ushbu mahallada bo‘lib, hududdagi ahvolni tanqid ostiga olgan edi.

– Sizlarga qo‘shni bo‘laman, uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi, - dedi viloyat hokimi Sh. Abdurazzaqov aholi bilan uchrashuv chog‘ida. – Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga “Viloyat hokimining uyi”, deb yozib qo‘yiladi. Hududdagi obodonlashtirish ishlarini o‘zim nazorat qilib boraman. Mahallaning 3 gektar joyida kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan ming nafar odam ishli bo‘ladi. 

Erta tongdan ushbu mahallaga yuzlab ishchi va hasharchilar jalb etildi. Shaharning chekka hududida yerlarni tekislash, elektr tarmoqlarini tortish, obodonlashtirish ishlari boshlandi. Uzoq yillar davomida foydalanishda bo‘lgan chiqindixona yopiladigan, mahalla idorasi esa qaytadan quriladigan bo‘ldi. Asosiysi, mahallaga tez orada toza ichimlik suvi keltiriladi. 

21.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммоларИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони13 Avgust 202424 Avgust 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar