Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar tez va sifatli amalga oshirilishi aholini birdek xursand qilayotgani ayni haqiqat. Birgina, biznes faoliyatini yuritish istagidagi fuqarolardan o‘ndan ortiq hujjat tayyorlash taqozo etilar edi. Ularning har biri uchun kunlab, kerak bo‘lsa, haftalab vaqt ketardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 15 yanvar kuni o‘tkazilgan mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati hokimligi tomonidan ezgu tashabbusga qo‘l urildi.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga yangi tayinlangan hokim Asilbek Ashurov “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan ilk ish kunini tumandagi og‘ir hudud deb topilgan, “Dilorom” mahallasi obodligi, mahalladagi mavjud tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi borasidagi olib borilayotgan ishlar, mahalla ahliga yaratilgan sharoit bilan tanishishdan boshladi.
Mamlakatimizda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ularning natijalari baholanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 15 yanvar kuni mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini bajarish uchun Surxondaryo viloyatida keng qamrovli chora-tadbir belgilab olindi.
Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish islohotlarning bosh maqsadidir.
Mamlakatimizning barcha hududlarida mas’ullar tomonidan aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish, ularni joyida muhokama qilib, ijobiy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2022 yil 15 yanvardagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 24 soat davomida ishlaydigan shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularning yashash sharoitlarini xonadonbay o‘rganish maqsadida Kosonsoy tumani Navbahor mahallasida bo‘ldi.
Buxoro viloyati Kogon tumanining ma’muriy markaziga aylantirilayotgan “Suxor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2021 yilda 21 milliard 105 million so‘m evaziga 6 ta, jami 140 ta xonadonga mo‘ljallangan 5 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |