2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bizdan yaxshi bog‘ qolsin

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yurtdoshlarimizga, mahalla faollariga, mo‘’tabar otaxonu onaxonlarga, munis opa-singillarga murojaati qabul qilindi.

Unda qayd etilishicha, xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Ko‘chat ekib, bog‘ yarat” kabi purma’no hikmatlar bor. Ko‘chat ekib bog‘ barpo etish, atrof-muhitni toza-ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatlaridir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi farzand tug‘ilsa unga atab yerga nihol qadagan.

Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi. Chunki har qanday Inson – Onaning farzandi. Ayol oilaninggina emas, jamiyatning ham gultoji. Qaysi soha yoki jabhada bo‘lmasin, ayol bor bo‘lsa, albatta u yerdan mehrning, nafosatning hidi keladi. Biz ona nomini ulug‘ bilib, ayollarni e’zozlab kelayotgan yurtda yashaymiz. Zero millatning ulug‘ligi – onaning ulug‘ligi bilan belgilanadi. Millat komilligi – ona komilligi bilan o‘lchanadi.

Biz “Yashil makon” umummilliy harakati bilan tabiatimizning sofligini saqlashni niyat qilganmiz. Zero tabiat ham onalar bilan maslahatlashadi, onalar bilan birga qadam tashlaydi. Tabiat mehr ko‘rsatishda, mehribon bo‘lishda onalardan ibrat oladi. Shu bois uni ona-tabiat deymiz.

Biz onalik mehrimiz, onalarga xos fidoyiligimiz bilan, hovlilarimizni, ko‘chalarimizni, mahallamizni, o‘lkamizni yashil makonga aylantirishdek ezgu ishlarga butun oila a’zolarimizni, jondan aziz farzandlarimizni undasak, ilhomlantirsak, o‘zimiz namuna bo‘lsak, kelajagimizni, o‘zimizdek mehribon ona-tabiatimizni, havo va suvimiz pokligini asragan bo‘lamiz.

Bizning yaxshi kunimiz ham yomon kunimiz ham mahalla bilan birga, Mahalla-xalqning vijdoni degan so‘zlar bejizga emas. “Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona” deyishadi. Bugun mamlakatimizda mahallaning o‘rni va nufuzi yuqori darajaga ko‘tarilganiga barchangiz guvohsiz. Sizlar mahallada yashovchi barcha xonadon vakillarini bir yoqadan bosh chiqarib, mahallamizni yashil makonga aylantirish ishlarga bosh-qosh bo‘lasiz, deb ishonamiz.

Har birimiz o‘zimiz yashab turgan hovlilarimizni, mahallalarimizni, shaharu qishloqlarimizni obod qilib ko‘chat o‘tqazsak, butun mamlakatimiz obod bo‘lib, bog‘u bo‘stonga aylanadi. Bu ishlarning savobi naqadar ulug‘ ekanligini bir so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.

Bugungiday ekologik vaziyatda tabiatni tozalaydigan, bizga qayta havo ishlab chiqarib beradigan tabiiy imkoniyatlardan keng foydalanishimiz lozim, o‘simlik va daraxtlar esa toza havo ishlab chiqaruvchi eng qulay vositadir. Shuning uchun mevali va manzarali daraxtlarni ko‘paytirish, bog‘lar, gulzorlar yaratish oldimizda turgan eng muhim vazifa ekanligini sizlar chuqur anglaysizlar. Ayniqsa Qoraqalpog‘istonda Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarni bartaraf etishda yashil makon yaratish o‘ta dolzarb masaladir.

Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib muhitda yashashlari uchun tabiatga mehr va e’tibor beraylik. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib “Yashil makon” umummilliy loyihasiga faol ishtirok etib, hovlimiz, ko‘chamiz va ishxonamiz atrofiga, ovul yoki mahallamiz hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekaylik, gulu gulzorlar, bog‘lar yarataylik, zero bizdan yaxshi bog‘ qolsin.

05.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar