
Toshkent shahrida qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish, energetika sohalarida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 5 noyabr kuni ommaviy qabul o‘tkaziladi.
Aholi bilan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududgazta’minot» AJ, «O‘zsuvta’minoti» AJ, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, «Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» DUK, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, «Maxsustrans» ICHB DUK va boshqa qator idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.
Ommaviy qabul joriy yilning 5 noyabr kuni soat 10:00da Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «O‘zekspomarkaz» binosida bo‘lib o‘tadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |