
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yangi Andijon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Turli muammo va masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar bilan viloyat hokimi, prokuraturasi, ichki ishlar, soliq boshqarmalari hamda qator viloyat tashkilotlari rahbarlari bevosita suhbatlashdi, odamlarning muammolari tinglandi, murojaatlar imkon qadar shu yerning o‘zida hal etildi.
– Bu kabi qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimiz oldimizga qo‘yayotgan eng birinchi vazifa - odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash, ularning muammolarini hal etishga, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish, – deydi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. – Qolaversa, bu kabi muloqotlar bizgacha yetib kelmayotgan muammolardan xabardor bo‘lishga, joylardagi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, temir-betonli elektr simyog‘ochlar o‘rnatish, eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, suyultirilgan gaz ballonlari ajratilishi, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalarga oid 300 dan ziyod murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarning aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolar yechimini topishga imkon bermoqda. Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish, og‘irini yengil qilish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |