Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 15 ta xalqaro tashkilot, 47 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan 800 ga yaqin xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bordi. Bugun xalqaro tashkilotlar missiyalari vakillari matbuot anjumanlari tashkil etib, O‘zbekistondagi saylov jarayonlarini kuzatish natijalarini ma’lum qildi.
Xorazmda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami hisoblangan 167 nafar, nogironligi bo‘lgan 54 nafar, urush va mehnat fronti ortida xizmat qilgan, ammo yolg‘iz yashayotgan 11 nafar fuqaroga "Mahalla" xayriya jamg‘armasi viloyat hamda uning tuman, shahar bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 13,4 million, homiylar hisobidan 9,6 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hududlarda aholini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ishchi guruhi Jizzax viloyatida o‘rganish jarayonida ko‘pni ko‘rgan nuroniylar holidan ham xabar olindi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent viloyatida davom ettirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi Idoralararo respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarini manzilli bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumanidagi bir qator mahallalarda bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Buxoro viloyati Romitan tumanida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu kunlarda Oliy Majlis Senati a’zolari hududlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazoqda.
Bugun Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Tojiboyeva hamrohligida Sayxunobod tumani “Olg‘abos” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari bilan tanishdi hamda “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan ayollarga ajratilgan yer maydonlarini ko‘zdan kechirdi.
Namangan viloyatining aksariyat hududlariga tabiiy gaz yetib bormaganligi sababli aholining asosiy qismi suyultirilgan gazdan foydalanib keladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |