2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalar ko‘rkamlashib bormoqda

Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Inoqlik” mahallasi “Obod xonadon, obod ko‘cha va obod mahalla” mezonlari asosida zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.

Mahallani namunali hududga aylantirish borasida belgilangan kompleks chora-tadbirlar ijrosi doirasida ichki xo‘jaliklararo yo‘lning 9 kilometri, ichki yo‘llarning 5 kilometri asfaltlandi, 1,3 kilometri betonlashtirildi va 7,7 kilometriga tosh-shag‘al yotqizildi.  

Shuningdek, mavjud transformator punkti ta’mirlanib, qariyb 2 kilometr yangi havo tarmog‘i tortildi. 130 ga yaqin temir-beton ustun, 120 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, 5 kilometr zovur va ariqlar tozalandi. Sohaviy tashkilotlar, sektor va mahalladagi “beshlik”dan iborat ishchi guruh vakillari ishtirokida har bir xonadon xatlovdan o‘tkazilib, aholining turli masalalardagi murojaatlarini hal etish choralari ko‘rildi.  

Xususan, murojaatlar asosida 124 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 40 nafarga yaqin fuqaroga 76 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 22 nafar fuqaroga kredit, 4 nafariga subsidiya ajratildi. 1 500 nafarga yaqin aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 31 nafariga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi.  

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ushbu mahallada bo‘lib, nuroniylar va mahalla faollari bilan suhbatlashdi va ikki oy davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. Jarayonlar shodiyonaga ulanib, xalq sayliga aylanib ketdi. Turli tanlovlar, intellektual o‘yinlar va musobaqalar tashkil qilindi. Yangidan barpo etilgan mahalla idorasi va bir qancha xizmat ko‘rsatish maskanlari foydalanishga topshirildi.  

–Qishlog‘imiz qisqa fursatda go‘zal va obod bo‘ldi, – deydi mehnat faxriysi A.Jo‘rayev. – Prezidentimizning, qishloqlarimizni shahardan qolishmaydigan obod hududga aylantiramiz deb aytgan gaplari amaliy tasdig‘ini topmoqda. Hammasi uchun hukumatimizdan minnatdormiz.  

03.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar