2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahalladagi uchrashuvlar

Sirdaryo viloyatining ko‘plab mahallalarida ayni kunlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Joylarda tashkil etilayotgan amaldagi ishlar bilan tanishish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Sardoba tumani Rovot mahallasiga tashrif buyurdi.  

Bosh vazir o‘rinbosari  mahallada “Obod xonadon” deb topilgan G‘ozibekov oilasida bo‘lib, xonadon bekasi, ikki qiz, besh o‘g‘il va kelinlarga bosh bo‘lib,  mahalla ayollariga bekalik va qaynonalik borasida o‘rnak ko‘rsatib, xotin-qizlarga milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishda o‘zining katta hissasini qo‘shib kelayotgan “Oqila ayollar” harakati guruhi rahbari Irisoy aya bilan uchrashdi.  

–Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho opaning biz qishloq ayollarini yo‘qlab kelgani ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tardi, – deydi Irisoy aya. – Mahallamiz ayollari opa bilan bir piyola choy ustida dildan suhbat qurib, u kishidan mamlakatimiz xotin-qizlari turmushini yaxshilash uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, rejalar haqida ko‘plab ma’lumotlar oldi.  

02.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar