2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolari ortda qolgan mahallaning shukuhi o‘zgardi

Bundan ikki yarim oy avval Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar vakillaridan tuzilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda Toshkent shahrining 5 ta tumanida ijtimoiy holati “og‘ir” mahallalar tanlab olinib, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi arafasida ana shunday mahallardan biri – Toshkent viloyatining Qibray tumanidan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumaniga qo‘shilgan Ijodkor mahallasida qurilish-ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkazildi.

Shu munosabat bilan mahallada tashkil etilgan bayram tadbiri erta tongdan boshlandi. Unda Milliy Gvardiya Qo‘mondonligi tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr, Milliy gvardiya otliq harbiylari, “Vatanparvar” tashkiloti va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus texnikalari namoyish etildi.

Tadbirning madaniy qismida nuroniy va mahalla faollari o‘z bayram tabriklari, xonanda, estrada yulduzlari va madaniyat markazlari san’atkorlari konsert-dasturlari bilan chiqishdi. Aholi va mehmonlar uchun tayyorlangan bayram dasturxoni atrofida samimiy suhbatlar qurildi.

Shu kuni Ijodkor mahallasida qator yangi inshootlar ishga tushirildi. Xususan, qariyalar uchun dam olish maskani, bolalar va kattalar uchun vork-autlar, sport va futbol maydonchalari shular jumlasidan.

Hududda amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan ikki yarim oy mobaynida mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga munosib turmush tarzini yaratish maqsadida 3 kilometr ichki yo‘l asfalt qilinib, 5 kilometri shag‘alllashtirildi, betonlanib, piyodalar yo‘lagi barpo etildi.  

Qish mavsumida aholiga elektroenergiya va gaz ta’minotini barqaror yetkazish uchun 11 kilometr uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi. Yangi transformator o‘rnatilib, nosozlari ta’mirlandi. 43 ta simyog‘och temir beton ustunlariga almashtirildi va ko‘cha yoritish moslamalari o‘rnatildi. Bundan tashqari, gaz taqsimlash punktlari ta’mirlanib, yangilari o‘rnatildi.  

Bir necha oy avval mahalla aholisi yomg‘irli va qorli kunlarni eslashsa, ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushar edi. Nega deganda, uylarining tom qismi ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Endi esa bu muammolar ham ortda qoldi. 11 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi kapital ta’mirlandi, 14 tasining fasad qismi, 13 tasining kirish yo‘laklari va 31 ta pod’ezd oynalari yangilariga almashtirildi.

Mahallada 24 ta uy-joyi ta’mirga muhtoj, o‘ta og‘ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolarning turar joylari rekonstruksiya qilinib, kapital ta’mirlab berildi. 12 ta xonadonga esa kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.  

Shu bilan birga, bayram tadbirlari davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida mehmonlar va mahalla aholisi tomonidan uylarning yon-atrofiga mevali, manzarali ko‘chatlar ham ekildi.  

Tadbir yakunida so‘zga chiqqan nuroniylar amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi aholi bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashi uchun qilinayotganini, odamlarga munosib turmush sharoitini yaratish maqsadi mujassam ekanini ta’kidladi.  

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan joylarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar hududlarda davom etmoqda.  

05.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar