Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Toshkent viloyatida kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida “Ming oilaga – ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aktsiyasi tashkil etildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 18-martda oʻtkazilgan mahalla va oila muammolarini oʻz vaqtida aniqlash hamda hal etish masalalari boʻyicha videoselektorda berilgan topshiriqlar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimizning topshirigʻiga binoan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, bandligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi faoliyat koʻrsatayotir.
Fargʻona viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi,“Fargʻona” nashriyoti, “Fargʻona kitob olami” maʼnaviy-maʼrifiy savdo majmuasi hamkorlikda taʼtilda boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va ota-onalarining vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga hissa qoʻshish, shuningdek,oilaviy kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida “Kitob bizni birlashtiradi” aksiyasini tashkil etildi.
Aziz vatandoshlar! Muhtaram otaxon va onaxonlar, munis opa-singillar, qadrli aka-ukalar! Xalqimizning kelajagi, ishonchi va tayanchi boʻlgan navqiron yoshlar!
Ko‘pincha Navro‘z yaqinlashgani sari “bu bayramni arablar ham, mo‘g‘ullar ham yo‘qota olmagan” degan fikrlarni o‘qib qolamiz. Hoy, baraka topgurlar, arablar ham, mo‘g‘ullar ham Sharq xalqlarining bahoriy teng kunlik bayramini taqiqlamagan. Navro‘zni taqiqlashga hatto sovet rahbarlari ham ochiqchasiga urinib ko‘rmagan.
Xalq taʼlimi vazirligidan maʼlum qilishlaricha, oʻtgan bir yilda yurtimiz umumtaʼlim maktablarida bir qator oʻzgarishlar roʻy berdi.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli bo‘lgan lalmi yerlardan 65 nafar band bo‘lmagan ishsiz yoshlarga bog‘dorchilik, dehqonchilik qilishlari uchun bir gektardan yer maydoni ajratib berildi.
Namangan viloyati hokimligi, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Toza hudud” DUK hamda “Meros” jamgʻarmasi hamkorligida oʻtkazilgan aksiyada viloyat hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, nuroniylar va mehnat faxriylari, Oʻzbekiston Qahramonlari, volontyorlar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbar va xodimlari faol ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |