2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Siz uyda qoling, biz siz uchun ishlaymiz...

Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sharoitida kun tartibiga chiqqan ushbu shior ostida jamiyatimiz rivojlanishi uzluksizligini taʼminlash yoʻlida funksional faoliyatini davom ettirayotgan tizimlardan biri davlat xizmatlari koʻrsatish agentligidir.

Agentlikning Namangan viloyati boshqarmasi, uning shahar, tuman davlat xizmatlari koʻrsatish markazlari tomonidan ham shunday murakkab sharoitda aholiga tez va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatish izchilligi taʼminlanmoqda.

 

Karantin eʼlon qilingan kundan boshlab, bugungi kunga qadar tuman va shahar davlat xizmatlari markazlariga fuqarolar va tadbirkorlik subeʼktlaridan 41 ming 271 ta ariza kelib tushgan. Tegishli tartibda koʻrib chiqilgach 32 ming 796 tasi hal etilgan. Shuningdek 11 mingdan ziyod ariza asoslanmaganligi sababli rad etilgan boʻlsa, ayni paytda 5 ming 267 ta murojaat koʻrib chiqilmoqda.

 

Bundan tashqari, karantin sharoitiga qaramay davlat xizmatlari markazlari uchun yangi binolar qurilishlari ham toʻxtatib qoʻyilmayotgani, yaʼni mazkur muassasalar faoliyatining sifat va samaradorligini oshirish doimiy eʼtiborda turgani diqqatga sazovor. Keyingi ikki oy mobaynida Chust, Chortoq tumanlarida davlat xizmatlari markazlarining yangi binolari barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

 

Kuni kecha esa Uychi tumani davlat xizmatlari markazi ham yangi qurib bitkazilgan, barcha qulayliklarga ega binoga koʻchib oʻtdi.

 

Mazkur binodan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi ham oʻrin olgan. Bundan tashqari, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish burchagi, kutish zali, bolalar maydonchasi, kutubxona, tibbiyot xonasi, Ye-auksion xonasi hamda FHDYO boʻlimi inspektori uchun xona mavjud.

 

Bu yerda karantin qoidalariga rioya qilib, oraliq masofani saqlagan holda aholiga xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Tuman aholisi 211 ming kishidan iborat. Ularning 20 ming nafari joriy yil tuman davlat xizmatlari markazi xizmatlaridan foydalandi. Jumladan, 700 nafardan koʻproq uychilik tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtib, oʻz faoliyatini boshladi.

01.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar