2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlarga ajratilgan yerlardan moʻl hosil kutilmoqda

Mamlakatimizda yerdan unumli foydalanib, aholini birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar oʻz samarasini bermoqda.

Bu borada Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani hokimligi tomonidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan birga tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida Farovon mahallasi hududidan 21 gektar yer maydoni 21 nafar yoshga ajratib berildi. Ushbu yer maydoniga dukkakli ekinlar, poliz va sabzavot ekinlari ekildi.

Pandemiya oqibatida tuman mehnat bozoriga qoʻshimcha 150 nafardan ortiq ishsiz yosh kirib kelishi kutilmoqda. Ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida tumanda ishlab chiqarish birlashmasi (kooperatsiya) tuzilgan. Mazkur kooperatsiya tomonidan “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Oʻrta Chirchiq yoshlar bogʻi” tashkil etildi. Unga 20 ta kambagʻal oilaning yosh farzandlari 50 foiz ulush bilan aʼzo boʻldi. Qolgan 50 foizi tadbirkor Ozoda Ermatova ulushi hisoblanadi.

Bugungi kungacha mazkur yer maydoni 20 nafar yoshga 50 sotixdan boʻlib berildi. Yoshlar qovun, pomidor, baqlajon, qalampir, yeryongʻoq va 5 gektarda intensiv bogʻ tashkil etishni boshlab yubordi. Yetishtiriladigan yeryongʻoq kelgusida Afgʻonistonga eksport qilinadi.

Kasb-hunar kollejini 2014-yilda bitirib, shu vaqtga qadar vaqtinchalik ishlar bilan shugʻullangan Bobir Sobirovga ham “Yoshlar bogʻi”dan yer ajratildi.

– Shu paytgacha doimiy ishim ham, yerim ham yoʻq edi, – deydi B.Sobirov. – Dehqonchilik uchun yer olish niyatim borligi sababli Xalqobod mahallasiga qilgan murojaatim eʼtiborsiz qolmaganidan xursandman. Ahamiyatli jihati, ajratilgan yerdan hech qanday soliqlar olinmaydi. 0,5 sotix yerga qoʻshimcha daromad olish maqsadida eksportga moʻljallangan soya ekdim. Mavsum oxiriga qadar 2 tonnadan koʻproq hosil olishni rejalashtirganman. Taxminiy hisobda sof foydam 15 million soʻm boʻladi.

Iyun-avgust oylarida kooperatsiyaga ajratilgan yerlarni sugʻorishda muammolar kuzatilar edi. Ayni paytda yerning meliorativ holatini tiklash, irrigatsiya tizimini taʼmirlash, yerni tayyor holga keltirish ishlari boshlab yuborildi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yoshlar ushbu bogʻda yaxshi mehnat qilsa, kamida 14 million soʻmdan sof daromad olishi mumkin.

29.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar