Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi qarori asosida joriy yil yakuniga qadar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 1 ming 576 xotin-qiz uy bilan ta’minlanadi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu uylarning boshlang‘ich badali Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi. O‘tgan 5 oyda 267 muhtoj xotin-qizga ajratilgan uy-joy boshlang‘ich badali to‘lab berildi.
Shuningdek, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga asosan, 1578 muhtoj xotin-qiz va oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ularning 652 nafari nogironlik aravachasi, 289 nafari eshitish moslamalari, 637 nafari qo‘ltiq tayoq, hassa kabi yurishga ko‘maklashuvchi moslamalar bilan ta’minlandi, 23 nafariga muzlatkich, 17 nafariga kir yuvish va 11 nafariga tikuv mashinasi kabi maishiy texnikalar, tibbiy jihozlar beg‘araz yetkazib berildi.
Muhayyo TOShQORAEVA, O‘zA
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 Май 2024 | 23 Май 2024 | Хорезмская область |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Апрель 2024 | 19 Апрель 2024 | Андижанская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |