2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yosh tadbirkor: Hokim loyihamga e’tibor qaratdi

Namanganda har haftaning chorshanba kuni viloyat rahbari ishtirokida “Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi” deb e’lon qilingan.

Bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov 50 nafardan oshiq kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektining murojaatini tingladi.

Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda tadbirkorlar bilan bo‘lgan birma-bir suhbatda kredit va yer olish, suv, elektr hamda gaz tarmoqlarini tortish, eksport amaliyotlari, turizmni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishga ko‘maklashish, kommunal sohada uchrayotgan muammolar singari o‘nlab masalalarda taklif va tashabbuslar, e’tiborga molik masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorlik faoliyatiga xalal berayotgan turli to‘siq va muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Muhammadxon Yahyoxonov bundan ikki yil avval Kosonsoy tumani markazidagi Obod mahallasining so‘lim joyida 20 o‘ringa mo‘ljallangan mo‘’jaz mehmonxona barpo etadi. Yurtimizda karantin choralari asta-sekin yumshatilayotgan bir sharoitda u turizm oqimining ortishini nazarda tutgan holda mehmonxona qamrovini 50 o‘ringa yetkazmoqchi. Buning uchun unga 500 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit zarur. Yosh tadbirkorning murojaati ijobiy yechim topadigan bo‘ldi. Unga kredit ajratish masalani qisqa fursatda hal etish bo‘yicha Markaziy bank viloyat boshqarmasiga topshiriq yuklatildi.

- Viloyatimiz hokimi meni diqqat bilan eshitgani va sanoatbop pavloniya daraxti plantatsiyasi tashkil etish loyihamni qo‘llab-quvvatlaganidan bag‘oyat xursandman, - deydi Namangan shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor Benazir Vohidova. – 50 million so‘m miqdoridagi shaxsiy mablag‘imdan amalga oshirishni mo‘ljallayotgan biznes rejam uchun 3 gektar maydondan iborat yer ajratish yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi mutasaddilariga aniq muddatda topshiriq berildi. Agar menga yer ajratilsa, 2021 yilning aprel oyigacha loyihamni ishga tushiraman. Buning natijasida yangi 20 ish o‘rni yaratiladi. Qolaversa, pavloniyadan sanoatda ishlatiladigan yog‘ochlar olish imkoniyati va yaqin davr ichida yiliga 300 million so‘mlik mahsulot yetishtirish imkoniyati tug‘iladi.

Qayd etish joizki, hozirga qadar bo‘lib o‘tgan “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvlari davomida 141 tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 152 murojaat tinglandi. Shundan 96 murojaat (63,2 foiz) ijobiy hal etildi. Ma’lum muddat talab etiladigan 56 masala ayni paytda tegishli mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.  

Uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan 10 nafar biznes vakiliga o‘z loyihasini amalga oshirish uchun 50,3 gektar maydondagi yer ajratildi. 7 nafar ishbilarmonga esa tijorat banklari tomonidan 2,25 milliard so‘m va 557,7 ming dollar miqdorida kreditlar berildi.

27.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar