2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘onada issiqlik ta’minotida muammo bo‘lmaydi

Farg‘ona viloyatida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda 5 ta issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, 22 ta lokal qozonxonalar bor. Ular orqali 1 ming 339 ta ko‘p qavatli uylar markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan.

Issiqlik ta’minoti bo‘yicha aholidan ayniqsa, qish mavsumida e’tirozlar ko‘payadi. Chunki aksariyat hududlarda tizim talabga javob bermaydi. Ko‘plab uylar issiqlikdan uzilgan. Xo‘sh, viloyatda bu muammolarga qanday echim topilmoqda?

– Iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilda bir qator chora-tadbirlar belgilangan va uning ijrosi ta’minlanmoqda, – deydi viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Jo‘raev. – “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aktsiyadorlik jamiyati 6,7 kilometr issiqlik tarmog‘ini qurish loyihasi orqali Marg‘ilon shahridagi 130 ta ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini markazlashgan issiqlik ta’minoti va issiq suv bilan ta’minlashni rejalashtirgan. Bu bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosasi olinib, tender savdolari o‘tkazildi. Unda “Qurilish ko‘chma kolonna-017” mas’uliyati cheklangan jamiyati g‘olib bo‘lib, ayni kunlarda er va beton quyish ishlari olib borilmoqda.  

Joriy  yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga ko‘ra, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan 2 ta qozon, 1,95 kilometr issiqlik tarmoqlari va 9 ta nasos uskunalarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlar yakuniga etkazilyapti. Issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan 4 ta lokal qozonxona, 5 dona qozon, 1,82 kilometr  issiqlik tarmoqlari ta’mirlandi, 2,5 kilometr issiqlik qoplamalari hamda 8 ta nasos uskunalari joriy ta’mirdan chiqarildi.

Farg‘ona shahridagi “RK-3” qozonxonasini kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish loyihasi yildan yilga o‘tuvchi bo‘lganligi sababli qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda. Yil yakunigacha 34 milliard 570 so‘mlik PTVM-30 qozoni, laboratoriya xonalarini ta’mirlash va jihozlash hamda ichki elektr ta’minoti va ichki elektr yoritish ishlarini bajarish ko‘zda tutilgan.

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 2020-2024 yillar mobaynida Farg‘ona viloyatida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, JICA Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida “Buxoro, Farg‘ona, Quvasoy, Nukus va Urganch shaharlari markaziy qozonxonalari va issiqlik tizimlarini kogeneratsion gazoturbinali texnologiyalarni tadbiq etgan holda modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 248,8 million dollar miqdoridagi mablag‘lar hisobidan  Farg‘ona shahridagi “RK-3”, Quvasoy shahridagi “RK-2” markaziy qozonxonalarida modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari bajarilib, gaz turbinalari o‘rnatilgan holda kogeneratsion texnologiyalarni joriy etiladi. Bugungi kunda shu sohada ilg‘or xalqaro tajribaga ega bo‘lgan “GREEN POWER ASIA” (Singapur) xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining sohaviy ilmiy-texnik kengashi tomonidan ma’qullangan.

Loyiha bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslar Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Moliya vazirliklari tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari aholisining markazlashgan issiqlik ta’minoti darajasi oshishi, qo‘shimcha iste’molchilarni markazlashgan tizimga ulash imkoniyati, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish tannarxi pasayishi va issiqlik korxonasidagi zarar miqdori kamayishi kutilmoqda.

11.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar