2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xotin-qizlar – kasaba uyushmalari eʼtiborida

Xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va hal etish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi ishchi guruhi joriy yilning fevral-mart oylarida Samarqand viloyati tuman va shaharlarida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Oʻshanda ishchi guruh viloyatning 1100 ga yaqin mahallasida 5305 ta kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga kirdi, ularning yashash sharoiti bilan tanishdi, oila aʼzolarining dardlarini eshitdi.

 

– Oʻrganish jarayonida bu oilalarda 6478 ta muammo aniqlandi, – deydi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi S.Rafiqov. – Muammolaraning asosiy qismi (38,6 foizi) uy-joy bilan taʼminlash va mavjud uy-joyni taʼmirlash bilan bogʻliq edi. Shuningdek, salomatligini tiklash, moddiy yordam olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratishda doir masalalar qayd etildi. Albatta, hech bir muammo eʼtibordan chetda qolmadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi asosida oʻrganish chogʻida aniqlangan masalalarni yechishga kirishildi. Ushbu maqsadlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi farmoyishi bilan Samarqand viloyatiga rejalashtirilgan 10237.6 million soʻm mablagʻdan 9 milliard soʻmi moliyalashtirildi. Shuning hisobidan hozirgacha viloyatimiz boʻyicha 1123 nafar xotin-qizlar tikuv mashinalari bilan taʼminlandi, kasanachilik asosida yangi ish oʻrinlari tashkil etildi. 219 nafar xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash uchun 959,4 million soʻmlik qurilish materiallari olib berildi. 157 nafar opa-singillarimizga dori-darmon uchun 365,8 million soʻm, 42 nafarining davolanishi uchun 110,6 million soʻm ajratildi. 175 nafar xotin-qizga 453,4 million soʻm moddiy yordam koʻrsatildi.

 

Samarqand shahar Shukrona mahallasida yashovchi S.Eshonqulovaning qizi Sh.Temirova fuqarolar yigʻini koʻmagida oʻquv kursida tikuvchilik yoʻnalishida oʻqib, hunar oʻrgandi. Ammo oilaning tikuv mashinasi xarid qilishga imkoniyati yoʻq edi. Bu muammo ham kasaba uyushmalari yordamida hal etildi – Sh.Temirovaga zamonaviy tikuv mashinasi berildi va u ayni paytda oʻz xonadonida tikuvchilik qilib, pul topmoqda.

 

Kuni kecha Narpay tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz 50 nafar xotin-qizlar ana shunday koʻmakdan bahramand boʻldi. Ularga ham tikuv mashinalari berildi.

 

Ushbu yoʻnalishda Kattaqoʻrgʻon tumanida amalga oshirilgan ish ibratli tashabbusga aylandi. Oʻrganishlar davomida tumanda uy-joyga ehtiyojmand 10 nafar xotin-qiz uchun arzon uylar qurishga qaror qilindi. Kasaba uyushmalari tomonidan 514,6 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Tuman hokimligi boshchiligida qisqa fursat ichida 1 milliard 600 million soʻm mablagʻ evaziga Bogʻot mahallasida har biri 3 xonadan iborat 2 sotixli yangi uy-joylar qurib bitkazildi.

 

Mustaqillik bayrami arafasida bu uylar oʻz egalariga topshirildi.

 

– Uyimiz yoʻq edi. Turmush oʻrtogʻim yaqinda baxtsiz hodisa tufayli olamdan oʻtgach, qizim ikkimizning bugunimiz ham, ertamiz ham qorongʻu boʻlib qoldi, – deydi Xumora Ismoilova. – Yordam soʻrab, tuman hokimligiga murojaat qildim. Bizni himoyalariga olishdi, uy-joy qurib berilishini aytishdi. Lekin ishonmagandik. Haliyam yangi uyga, oʻz uyimga ega boʻlganimga ishonmay turibman. Tushga oʻxshaydi. Lekin bu haqiqatligi koʻnglimizga bir dunyo quvonch va shodlik bagʻishladi.

 

Viloyatda dastur doirasida xotin-qizlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.

30.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar