
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish, ayniqsa, ularning bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻrganishlardan kelib chiqib, joylarda opa-singillarimizning bandligini taʼminlashga qaratilgan koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Marhamat tumani Mirishkor mahallasida ishga tushirilgan “Kasaba tekstil hamkor” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ham ana shu yoʻnalishdagi ishlarga bir misoldir.
Zamonaviy qiyofaga ega ushbu korxona umumiy qiymati 6 milliard soʻm boʻlgan loyiha doirasida “Sweet Tea” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etildi. Unga xorijdan kompyuterlashtirilgan, zamonaviy tikuv mashinalari olib kelib oʻrnatildi.
Asosan ayollar va bolalar liboslarini tikishga ixtisoslashgan ushbu korxona qishloq ayollari uchun chinakam tuhfa boʻldi. Chunki fabrikaning ishga tushishi bilan 250 nafarga yaqin opa-singillarimizga doimiy ish oʻrni yaratildi.
– Joriy yil iyun oyida ish boshlaganmiz, – deydi korxona rahbari Quvonchbek Haydarov. – Koronavirus pandemiyasi tufayli ishlarimizni belgilangan reja asosida yoʻlga qoʻya olmadik. Shunday boʻlsa-da, oʻtgan qisqa davrda qariyb 180 million soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Sifatli, bejirim mahsulotlarimiz nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham oʻz xaridorlarini topdi. Ularni xorijga eksport qilish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda. Umuman, korxonada kelgusida 1 million AQSH dollari miqdordagi mahsulot eksport qilinishi koʻzda tutilgan.
Pandemiya munosabati bilan korxonada mehnat qilayotgan ishchi va xodimlarning salomatligi doimiy shifokorlar nazoratida. Bundan tashqari, ularning samarali ish yuritishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tushlikda issiq ovqat, ishga borib-kelish uchun transport hamda dam olish xonalari tashkil etilgan.
– Yangi trikotaj fabrikasi biz qishloq ayollari uchun keng imkoniyatlar yaratdi, – deydi ilgʻor tikuvchilardan biri Muxayyo Sobirova. – Aksariyat xotin-qizlar uyda oʻtirar edi. Uzoqqa borib ishlash imkoniga ega emasdi. Mana bugun oʻz mahallamizda ishlayapmiz, ortiqcha ovoragarchiliklar ham yoʻq. Eng asosiysi, bu yerda ishlab, mehnatimizga yarasha daromad olyapmiz, turmushimizga fayz kirmoqda.
Kelgusi yildan korxonada ikki smenada ish tashkil etilib, ishlovchilar soni 500 nafarga yetadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |