
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani hokimi tashabbusi bilan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholining kambagʻal qatlamini ushbu holatdan chiqarish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shu ezgu maqsad yoʻlida xayrli ish tumandagi Birlik mahalla fuqarolar yigʻinidan boshlandi. Bu yerda istiqomat qiluvchi aholining kambagʻal qatlamini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida taʼminotchi “FORISH SUNRISE FOODS” tomorqa xizmati masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan kam taʼminlangan, ehtiyojmand va kambagʻallik darajasida yashayotgan oilalarning har biriga 1 sotixli issiqxonalar qurib berilmoqda.
– Maqsadimiz – kambagʻallik darajasida yashayotgan fuqarolarni ushbu holatdan doimiy daromad manbai bilan taʼminlagan holda chiqarishdan iborat, – deydi “FORISH SUNRISE FOODS” tomorqa xizmati MCHJ rahbari Elbek Sindarov. – Issiqxonadan yiliga 3-marta koʻchat ekib, 3-martagacha hosil olish imkoniyati bor. Masalan, bitta, 1 sotixli issiqxonaga 700 tup pomidor koʻchati ekib, har tup koʻchatdan oʻrtacha 4-5 kilogrammdan hosil olingan taqdirda, bugun bozorlarimizda pomidorning 1 kilosi oʻrtacha 3 ming soʻmdan hisoblaganimizda, birinchi hosilning oʻzidan 7-8 million soʻmdan ortiq daromad qilsa boʻladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |