
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning qarori bilan tashkil etilgan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilmoqda.
Ushbu mablag‘ning asosiy qismi – 334,4 mlrd so‘mi Samarqand shahri aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohada uchrayotgan muammoli masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga yo‘naltirilmoqda.
“O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi” deb ta’rif beriladigan Samarqandda mazkur mablag‘ hisobidan 317 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanadi va hudud obodonlashtiriladi, 71 ta lift o‘rnatiladi, obodonlashtirish boshqarmasiga 63 ta turli avtomatik vositalar xarid qilinadi, 4 ta markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi qayta tiklanadi, shuningdek, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi, yo‘llarning holati yaxshilanib, ichimlik suv tarmog‘i tartibga keltiriladi.
Ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish hamda buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish maqsadida viloyat hokimligi huzurida “Qurilish va obodonlashtirish direktsiyasi” tashkil etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |