
"Manas"da "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida tumandagi nogironligi bo‘lgan oilalardan 20 tasida turar-joylar kaliti topshirildi.
- Tumanimizda Respublikamiz Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi ta’minlanmoqda,-deydi tuman hokimi Ulug‘bek Uzoqov. - Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan fuqarolar qayta ro‘yxatga olinib, ular holidan doimiy xabardor bo‘lib borilmoqda. Ulardan 20 nafari uy-joy bilan birgalikda maxsus aravachalar va zarur jihozlar taqdim etilishi fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Albatta, inson qulay oshyonga ega, oila a’zolari yonida sog‘-salomat bo‘lsa, yaqinlari atrofida ekanligini his etsa ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Bugun Baxtiyor Sarimsoqov va Feruza Mamirovalarning quvonchi cheksiz.
- "Bunyodkor" qishlog‘ida turmush o‘rtog‘im va uch farzandimiz bilan hech qanday sharoitlar bo‘lmagan noturar joyda yashardik. Prezidentimiz va boshqa rahbarlarimizning yordami bilan ikki xonali turar joyga ega bo‘ldik. Bundan boshimiz ko‘kka etmoqda. Uyimizda yaratib berilgan sharoitlarni ko‘rib, ko‘zlarimizdan sevinch yoshlari arimayapti. Biz va biz kabilarni tinchligi, xotirjamligini o‘ylaganlar doimo sog‘ bo‘lsin,-deydi Feruza Mamirova.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |