2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mo‘ynoqlik yoshlar og‘ir cho‘l sharoitida ham issiqxonadan daromad olmoqda

Boshida ko‘pchilik ishonmadi. Axir Mo‘ynoqning yozda olov purkaydigan jaziramasi-yu qishda badan-badaningni sirqiratadigan izg‘irini, Oroldan meros sho‘rxok tuprog‘ida zamonaviy issiqxona barpo qilib, hosil olish qay bir ma’noda ertakka o‘xshab ketadi.

Ammo bugungi islohotlar amaliy ishlarga, hayotiy natijalarga asoslangani bois ham mo‘ynoqlik yoshlar sahroda ishlab, daromad topishni uddalashdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonalari, sektorlar rahbarlari ko‘zi yonib turgan bu yigit-qizlarning ezgu orzulariga kamarbasta bo‘lmoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining yorqin hayotiy ifodasi – besh oy nari-berisida Qipchoqdaryo ovulida qurilgan 1 gektardan ziyod issiqxonada bugun etishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ovozasi esa butun Orolbo‘yi bo‘ylab taralmoqda. Shu bois sahro qo‘ynidagi bu issiqxonani o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun atay Mo‘ynoqqa keladigan yoshlar safi kengaymoqda.

Bu gal tajriba almashish uchun Nukus shahridan kelgan yoshlar Mo‘ynoqdagi tengdoshlarining cho‘l ichidagi shu issiqxonadan yigirma kunda 36 tonna bodring uzib, sotishga erishganini eshitib, ikki karra hayratlanishdi. Demak, ishlasa, izlansa, uddalash mumkin ekan. Hademay ular pomidor sotishni boshlashadi. Bir bo‘lak maydonda havasga ekilgan bulg‘or qalampiri-yu baqlajon ham unib, hosil berdi.

Yana bir ibratli jihat – Mo‘ynoq yoshlari o‘z qo‘llari bilan etishtirgan sabzavot mahsulotlari bilan «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatiga ham hissa qo‘shishga ulgurishdi. Kuni kecha Mo‘ynoqning Tallio‘zak, Do‘stlik, Madeli, Qozoqdaryo, Uchsoy kabi 11 ta ovulidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 200 dan ortiq oilaga etkazib berilgan navbatdagi ezgulik karvonida 13 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga Qipchoqdaryo ovulidagi issiqxonadan yangi uzilgan sabzavotlar ham qo‘shildi.

Albatta, bular – mo‘ynoqlik yoshlarni doimiy ishli va tadbirkor qilish yo‘lidagi ilk qadamlar. Hali oldinda bajariladigan vazifalar ko‘p. Yoshlar bilan navbatdagi muloqotda ham necha yildan beri o‘z dehqonini kutib yotgan Mo‘ynoq tuprog‘idan, erosti suvlaridan unumli foydalanib, yangi-yangi dalalar, ixcham issiqxonalar barpo qilishga kelishib olindi. 

Erta-indin Qipchoqdaryo ovulidagi 10 ta yosh oilaning hovlisida yoki hovli etagidagi bo‘sh maydonlarda har biri 10 sotixli 10 ta zamonaviy issiqxona qurilishi uchun grant mablag‘i ajratiladigan bo‘ldi. Ilk hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 sotixli issiqxonadan oyiga kamida 8-10 million so‘m daromad topish mumkin.

15.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar