2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Gulistonning obod mahallalari

Sirdaryo viloyatining markazi Guliston shahridagi Obod yurt va Sayqal mahallalarida “Obod mahalla” dasturi ijrosi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Guliston shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jonibek Yarievning aytishicha, ushbu mahallalar yillar davomida e’tibordan chetda bo‘lgani bois ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgan edi. Shuning uchun bosh rejaga muvofiq, aynan mazkur mahallalarning “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olingan. 

Obod yurt mahallasi Guliston shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Z.Qayumov, Sayqal mahallasi shahar davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i N.Shaydullaev rahbarligidagi sektor tasarrufida. 

Dasturga asosan mahallalarda 56 milliard so‘mlikdan ortiq bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xususan, hammom, savdo majmualari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bo‘sh turgan davlat ob’ektlari negizida tikuv tsexlari, poyabzal ta’mirlash ustaxonalari va boshqa xizmat ko‘rsatish maskanlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

Bosh rejaga muvofiq, hududdagi 10 kilometr piyodalar yo‘lagi, 11 kilometr irrigatsiya tizimi rekonstruktsiya, 3 kilometr kvadrat maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 1 sug‘orish qudug‘i qaziladi, shuningdek, chiqindi yig‘ish maydonchalari barpo etish, mavjudlarini ta’mirlash rejalashtirilgan. 

Obod yurt va Sayqal mahallalaridagi 5 ta ko‘p qavatli, yakka tartibdagi 86 ta uyning tom qismini, 38 ko‘p qavatli, yakka tartibdagi 99 uyning fasad qismini ta’mirlash, 42 ta ko‘p qavatli uyning er to‘lasida muhandislik va kommunikatsiya ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarini, 9 kilometrlik avtomobilь yo‘llarini, 3 kilometrlik ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘ini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida mavjud transformatorlar ta’mirlanib, ayrimlari yangisiga almashtiriladi. Ko‘chalarga tungi yoritgichlar o‘rnatilib, zamonaviy internet tarmog‘i tortiladi, 25 dona videokuzatuv kamerasi bilan ta’minlanadi. 

– Obod yurt va Sayqal mahallalari yonma-yon – shahrimizning 3-mavzesida joylashgan, – deydi 3-sektor rahbari, shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Z.Qayumov. – Har ikki mahalla aholisi amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etmoqda. Shahar IIB sektoridagi Obod yurt mahallasida shu kungacha 41 noqonuniy va o‘zboshimchalik bilan qurilgan ob’ekt buzilib, 867 kub qurilish chiqindilari belgilangan joyga chiqarib tashlandi. Qurilmalar o‘rni tozalanib, joyiga tuproq to‘shaldi, hozir u erda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotir. 

E’tiborlisi, bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlarida aholi, jumladan, uyushmagan yoshlar ham faol ishtirok etmoqda. Har hafta yakshanba kuni mahallada hashar uyushtirilib, tadbirkorlar tomonidan bepul tushlik berilmoqda. 

“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan kunlik ishlar Guliston shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan shtabda muhokama qilib boriladi. Bir qarashda hamma ish risoladagidek ko‘rinadi. Ammo amalga oshirilayotgan ishlarda shijoat etishmayotgandek. Yoz o‘tib, yomg‘irlar mavsumi boshlanguniga qadar fursatdan foydalanib qolish kerak. Negaki, Guliston sharoitida yog‘in-sochinli kunlarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borish katta mashaqqat talab qiladi. 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

14.07.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar