2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Zoyir Mirzayev: bir qarich yerdan ham unumli foydalanish kerak

Ayni kunlardagi pandemiya sabab vujudga kelayotgan global inqiroz sharoitida iqtisodiy barqarorlikni saqlash, aholi bandligi va daromadini taʼminlash muhim masalalardan biriga aylanmoqda.

Ushbu vujudga kelgan holatni yumshatishda qishloq xoʻjaligi sohasining keng imkoniyatlari muhim oʻrin egallaydi. Xususan, bogʻbonlar va tomorqa yer egalaridan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bir qarich yerni ham boʻsh qoʻymaslik, bir soʻz bilan aytganda, yerni uvol qilmaslik talab etiladi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning oʻtgan haftada Qamashi tumanidagi “Qurbon qizi Munira” fermer xoʻjaligiga qarashli olmazorda hamda “Agrovostok” masʼuliyati cheklangan jamiyatining intensiv bogʻida hududda faoliyat yuritayotgan bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari, tomorqachilar bilan uchrashuvida shu haqda soʻz yuritildi.

 

Viloyat hokimi Prezidentimiz rahbarligida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yana-da rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari boʻyicha 14-aprel kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalarning ahamiyati xususida alohida toʻxtaldi.

 

Taʼkidlandiki, joriy yil qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uchun oʻziga xos sinov yili boʻladi. Chunki har qanday sharoitda ham odamlarning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoji kamaymaydi. Shu bois videoselektorda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarayotgan inqirozga qarshi kurashish sharoitida, eng avvalo, mavjud resurs va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish juda muhim.

 

Ammo, afsuski, buni hamma ham toʻgʻri anglab yetmayapti. Oramizda hayhotdek tomorqasi boʻsh turganlar, bogʻ qator oralariga hech narsa ekmay, yerning umrini bekor oʻtkazayotganlar ham bor. Yeri boʻla turib, undan samarali foydalanmaslik yerga, demakki, elga xiyonatdir.

 

Uchrashuvda tumandagi bogʻbonlarga yangicha ishlashni oʻrganish, hosil va daromad salmogʻini oshirish, qator oralariga sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Yerni oʻz holiga tashlab qoʻyganlardan qonunchilikda belgilangan tartibda olib qoʻyilishi bildirildi.

 

Viloyat hokimi tumandagi Sarbozor qishlogʻida aholi vakillari oʻz tomorqalaridan qay darajada samarali foydalanayotganini bilish maqsadida bir necha xonadonlarni koʻzda kechirdi. Ilgʻor tomorqachilar bilan suhbatlashdi.

 

Shu yerda Zoyir Mirzayev dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tizimli tashkil qilish, yer uchastkasidan bir yilda ikki-uch marotaba hosil yetishtirish va yuqori daromad olish tajribasini ommalashtirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan viloyat ahliga murojaat qildi.

 

Tumandagi Nagahon qishlogʻida bir paytlar giyoh ham unmaydigan deb hisoblanadigan yerda bugun ulkan issiqxona barpo boʻlgan. Gidroponika usulida qurilgan bu issiqxonaning 2 gektariga palermo qalampiri, 6 gektariga esa pink paradeyz, vinnus, musa navli pomidor ekilgan. Qiymati 5 million AQSH dollarlik mazkur loyiha hayotga tatbiq etilishi natijasida palermoning gektaridan 250 tonnnadan ortiq, pomidorning gektaridan esa 100 tonnadan ziyod hosil olish imkoniyati yaratildi.

 

Viloyat hokimi mazkur issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, unda agronom sifatida faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyalik mutaxassis bilan eksportbop mahsulotlar turlarini koʻpaytirish boʻyicha fikr almashdi. Tadbirkorlik subyekti vakillariga zarur tavsiyalar berdi.

 

Uchrashuvda yerdan unumli foydalanish eng avvalo aholini bandligini taʼminlash, daromadlari va farovonligini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish hamda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ichki talabni toʻliq taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

22.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar