
Namangan viloyatida «Obod qishloq» dasturi doirasida 34 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi
“Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Namangan viloyatida 34ta investitsion loyiha amalga oshiriladi, deb xabar berdi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi.
Loyihalar Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on hamda Namangan tumanlarida amalga oshiriladi.
"Taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish uchun 299,5 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Ular qiymati 60,7 mln dollarlik 10ta loyiha, 117,3 mln dollarlik 10ta loyiha va 121,5 mln dollarlik 14ta istiqbolli loyihalardir", - deyiladi xabarda.
Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar orasida Namanganda Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika, Pop tumanida XXRlik investorlar bilan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish, Uychi tumanida turkiyalik, Chust tumanida rossiyalik hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida xitoylik investorlar bilan korxonalar tashkil etish kabi loyihalar mavjud.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |