2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farzandlarimizga hosildor bogʻ qoladi

Sherobod tumanida tashkil etilayotgan “Yoshlar bogʻi”dan kam taʼminlangan oilalarda yashayotgan 120 nafar ishsiz yigit-qizning har biriga 20 sotixdan yer maydoni ajratildi.

 

Shu munosabat bilan “Yoshlar bogʻi” barpo etilayotgan Guliston mahallasida foydalanishdan chiqib qolgan keng adirlikda “Bir million tup koʻchat” aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov soʻzga chiqib, Prezidentimizning 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida boʻlib oʻtgan uchrashuvida yoshlar bilan ishlash boʻyicha qator vazifalar belgilab berilgani va mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida vohada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi.

Viloyatda yigit-qizlar bilan uchrashuvlar va uyma-uy yurish natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Qarovsiz yotgan yoki foydalanishdan chiqib qolgan yer maydonlari tanlanib, dehqonchilik qilish uchun zarur sharoit yaratilayotgani va ish bilan band boʻlmagan yoshlarga berilayotgani ana shunday ezgu tadbirlardan biridir.

Maʼlumotlarga koʻra, Sherobod tumanida 27 ming nafarga yaqin yigit-qiz istiqomat qilmoqda. Ularning 3 ming 800 dan ortigʻi vaqtincha ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Joriy yilda yoshlar uchun 3 mingga yaqin ish oʻrni yaratish moʻljallanmoqda.

Tumanda qarovsiz yotgan yerlarni oʻzlashtirib, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ishsiz yoshlarga biriktirilayotgani ham ularning bandligini taʼminlab, yaxshi daromad olishiga xizmat qiladi.

– Bu yerda ekin yetishtirilmay qolganiga ham koʻp yillar boʻlgan edi, – deydi “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Abdumurod Ahmedov. – Yerlarning qayta tiklanib, yoshlar mehnat qiladigan soʻlim bogʻga aylantirilayotgani har qancha tahsinga loyiq. Shu bahonada ariqlar qazilib, nasos oʻrnatildi, qaqrab yotgan adirlikka suv keltirildi. Yerlar tekislanib, sifatli shudgorlandi. Bugun yaxshi niyatlar bilan yoshlar uchun berilgan yerlar atrofiga manzarali daraxt, anor koʻchatlari ekdik. Bizning mahallamizdan ham oʻndan ortiq ishsiz yoshlar ishli boʻldi.

Shu kuni aksiya ishtirokchilari qayta tiklangan maydonga hashar yoʻli bilan turli archa va yoshlarga taqsimlab berilgan maydonlarga anor koʻchatlarini qadadi. Dehqon xoʻjaligi sifatida foydalanadigan yoshlarga 20 sotixdan yer maydoni ajratilganini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.

– Yer maydoniga egalik qilish haqidagi bu hujjat mening kelajakka ishonchimni yana-da mustahkamladi, – deydi tumandagi Galaguzar mahallasida yashovchi Ilyos Xudoyqulov. – 29 yoshdaman. Shu paytgacha ishsiz edim. Endi bu yerda oilam bilan halol mehnat qilib, anor bogʻi yaratamiz. Nihollar hosilga kirguncha mavjud maydonda turli sabzavot mahsulotlari yetishtirib, undan ham qoʻshimcha daromad olamiz. Eng muhimi, kelajakda farzandlarimizga bizdan koʻrkam va hosildor bogʻ qoladi.

Xalqimiz asrlar davomida eʼzozlab kelgan Navroʻzi olam arafasida yoshlarga koʻrsatilgan bu eʼtibor keksalarga ham oʻzgacha zavq bagʻishladi.

– Mamlakatimizda yer maydonlariga auksion savdosi orqali egalik qilish huquqi berilgan, – deydi tumandagi “Bogʻu xayol” fermer xoʻjaligi rahbari, keksa bogʻbon Abdusodiq Turdiyev. – Kam taʼminlangan oilalar va ularning farzandlari bu tartibda yer olib, dehqonchilik qilishga qurbi yetmaydi. Birinchidan, ularga bu maydonni anor yetishtirishga taxt qilib, koʻchatlarini ham ekib, bepul topshirishning oʻzini cheksiz himmat, deb oʻylayman. Ikkinchidan, ularning bir yoʻla real daromadga ega ish bilan taʼminlanayotganini qoʻllab-quvvatlayman. Masalan, 20 sotix yerda oʻrtacha 200 tup anor parvarishlanadi. Har bir daraxt 50 kilogrammgacha hosil beradi. Kilosini oʻrtacha 5 ming soʻmdan sotgan taqdirda, 40 million soʻm pul boʻladi. Qalovini topgan bogʻbon esa koʻchat oralaridan ham qoʻshimcha daromad koʻradi. Uchinchidan, dehqonchilikni boshlaganimda hech kim meni bunday qoʻllab-quvvatlamagan. Hatto yer ham ajratib berishni istamagan. Foydalanilmay, ajriq bosib yotgan adirni oʻzlashtirib, koʻchat ekkanmiz. Azob-uqubat bilan suv olib chiqqanmiz. Agar yerdan unumli foydalanib, haq olmasak, boy boʻlmaymiz. Bizda kambagʻallik qachon yoʻqoladi bilasizmi? Har qarich yerdan oqilona foydalanib ishlasak, kambagʻallik chekinadi. Bunga yoshlarni koʻniktirishimiz kerak. Mana, oʻtgan yili bogʻimizdan 100 tonnadan ort


iq anor oldik. Bu halol mehnatimiz mevasi. Endilikda kelajagimiz egalariga koʻrsatilayotgan bunday eʼtibordan biz, keksalarning ham boshimiz koʻkka yetmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida boshlangan bunday xayrli ishlar oʻgʻil-qizlarni halol mehnat qilishga daʼvat etib, katta hayot yoʻliga chaqirishga kamarbasta boʻlayotgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur hududda qarovsiz qolgan yerlarni haydab, tekislash yumushlari qizgʻin davom etmoqda. Bu maydonlar ham koʻchat qadashga tayyor boʻlgach, yana 80 nafar yoshga biriktirib beriladi. Ular ham 20 sotixdan yer maydoniga ega boʻlib, anorzorlar parvarishiga kirishadi.

Mutasaddilarning taʼkidlashicha, tumanda kam taʼminlangan oilalarning ish bilan band boʻlmagan farzandlariga shu usulda taqsimlab berish uchun yana 500 gektardan ortiq yer maydoni aniqlanib, dastlabki ishlov berish boshlandi. Bu yerlar yongʻoqzor barpo etish uchun bir gektardan, boshqa mevali daraxt yetishtirish istagini bildirgan yoshlarga 20 sotixdan ajratib beriladi. Shunday qilib, yil oxirigacha yoshlar tomonidan tashkil etiladigan dehqon xoʻjaliklarida mingga yaqin oʻgʻil-qizning bandligi taʼminlanadi.
 

13.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar