2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzax viloyatida “Yosh tadbirkorlar” texnoparklari tashkil etiladi

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan 849 nafar yoshning atigi 7 nafari falsafa doktori ilmiy darajasiga ega.

Jumladan, Suv xo‘jaligi vazirligida 4, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 1, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 2 nafar falsafa doktori ilmiy darajasiga ega yosh mehnat qilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlis bayoni hamda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

– Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy davlat boshqaruvi organlari tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari A.Jumaboev. – Jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan yoshlarning salmog‘i, ish joyidagi o‘rni tahlil qilindi. 2020 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 20 ta vazirlikning markaziy apparatida jami 3 ming 322 nafar xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 849 nafari, ya’ni 25,6 foizini yoshlar tashkil etmoqda. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 31,3 foizni va eng past ko‘rsatkich Sog‘liqni saqlash vazirligida 4,9 foizni tashkil qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan 849 nafar yoshdan 121 nafari mas’ul lavozimlarni egallagan. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 47,3 foizni tashkil etadi. Biroq, Sog‘liqni saqlash hamda Tashqi ishlar vazirliklarida mas’ul lavozimlarda ishlayotgan yoshlar yo‘qligi kuzatilgan.

849 nafar yosh xodimning 210 nafarini, ya’ni 24,7 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar tashkil etadi. Gender tengligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Suv xo‘jaligi vazirligida 50 foiz va eng past ko‘rsatkich Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 4,3 foiz.

– Davlatimiz rahbari 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvida jamg‘arma faoliyati samaradorligini oshirish va strategiyasini belgilash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi, – dedi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori X.Sattorov. – Shundan kelib chiqqan holda joriy yilda jami 3 ming loyihaga 600 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratish hamda ushbu mablag‘ evaziga 17 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Yosh tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur uskuna va texnikalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri lizing asosida etkazib beriladi. Startap loyihalarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlarga kompensatsiya berish amaliyoti joriy etiladi. Tajriba-sinov tariqasida Jizzax viloyatining Do‘stlik, Sharof Rashidov va Zomin tumanlarida ilmiy-texnologik va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Yosh tadbirkorlar” texnoparklari tashkil etiladi. Texnoparkdagi joylar yosh tadbirkorlarga qulay sharoitlar asosida ijaraga berilib, 5 yil mobaynida ushbu joylarni o‘zlariga qoldirish bo‘yicha amaliyot joriy etiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihalari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgani hamda dastur loyihasini ishlab chiqish boshlangani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2017-2019 yillarda yoshlarga berilgan imtiyozlar, imkoniyatlar, ijtimoiy yordamlar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasi yaratilgani va tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylanib borilayotgani to‘g‘risida axborot berildi.

11.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar