Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
SamDU talabalari Orolqumda saksovul ekdi

Samarqand davlat universitetidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti etakchilari hamda bir guruh faol talabalar Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, Orolning qurigan qismida o‘rmon tashkil etish jarayonida ishtirok etdi.

– Avvalo, Mo‘ynoq tumanida keyingi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdik, – deydi universitet yoshlari etakchisi Husan To‘xtaev. – Bu yangilanishlar jarayonida yoshlar uchun ham keng imkoniyat, shart-sharoit yaratilganiga guvoh bo‘ldik. Safarimizdan asosiy maqsad esa Orol dengizi o‘rnida paydo bo‘lgan Orolqumda saksovul ekish ishlarida ishtirok etish edi va bu ezgu tashabbusda qatnashganimizdan faxrlanamiz.

Universitet yoshlari Orolqum bag‘rida 2 gektar maydonda saksovul ekib, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shdi.

Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, biologiya va geografiya fakulьtetlari talabalaridan iborat katta guruh 2019-yilda ham Orolbo‘yiga borib, ilmiy izlanishlar o‘tkazgandi, hududda o‘rmon barpo etishda qatnashgan edi.

12.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar