
Mamlakatimizga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi raisi Ulvi Mextiyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
4-oktyabr kuni delegatsiya vakillari Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlarga Prezident Xalq qabulxonasining yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borayotgan ishlari haqida maʼlumot berildi. Qayd etilganidek, bu yerdagi mutaxassislar amaldagi qonun hujjatlari boʻyicha zarur bilimga ega, aholi bilan ishlashda tajribasi yetarli.
Aholiga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida poytaxt tumanlaridagi Xalq qabulxonalari Davlat xizmatlari markazlari bilan bir binoda joylashgan. Bu fuqarolarning davlat xizmatlari sohasiga oid masalalarini bitta joyda hal etish imkonini beradi.
Muloqot chogʻida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi raisi Ulvi Mextiyev Xalq qabulxonasidagi tibbiyot, ona va bola xonalari hamda fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholadi. Uning qayd etishicha, fuqaro murojaatlari bilan ishlash juda qiyin jarayon, lekin sharaflidir. Mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish va unga yechim topishga yordam beradigan bu kabi idoralar inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlashda muhim ahamiyatga ega.
Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi oʻrtasida mamlakatimizda Davlat xizmatlari markazlarini (DXM) rivojlantirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat DXM xodimlarining malakasini oshirish, xizmatlar koʻrsatish jarayoni va boshqa tegishli yoʻnalishlar boʻyicha treninglarni tashkil etish, amaliyot-tajriba almashish, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etishning konsepsiyalari va samarali boshqaruv mexanizmlari boʻyicha qoʻshma konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazish kabi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Tashrif doirasida Ozarbayjon delegatsiyasi poytaxtimizning Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi yangi binosi qurilishi jarayoni bilan ham tanishdi.
Malohat HUSANOVA,Temur MAMADAMINOV (surat), OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |