
Nurobod tumanidagi Navro‘z, Ulus va Halqobod qishloqlarida “Obod qishloq” dasturi asosida 3 ta suv inshooti foydalanishga topshirildi
“Obod markaz”, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari doirasida joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari mamlakatimiz aholisining turmush sharoitini yaxshilash, hududlar infratuzilmasini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda.
Qishloqlar aholisini yillar davomida qiynab kelayotgan ta’mirtalab ichki yo‘llar, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa qator ijtimoiy muammolar xuddi shu dasturlar sabab o‘z yechimini topmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi “Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Nurobod tumanidagi Navro‘z, Ulus va Halqobod qishloqlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tumanning ushbu qishloqlari keng dala va qirliklardan iborat bo‘lib, hududda toza ichimlik suvi masalasi aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri edi. “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur qishloqlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 3 ta suv inshooti foydalanishga topshirildi. Ulardan ikkitasi yangi qurilgan, bittasi esa rekonstruksiyadan chiqarilgan. Ushbu suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1 million 934,9 ming so‘m mablag‘ sarflandi. Natijada hududdagi 10 ming nafardan ortiq aholi markazlashgan ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |