
Elmira Basitxanova forum doirasida Jomboy tumanidagi “Gulnora agro eri“ fermer xo‘jaligi ishchi xodimlari bilan uchrashdi. Bu erda 20 nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat qiladi.
- Shu fermer xo‘jaligida olti yildan beri ishlaymiz, dala ishlarini qilamiz, pilla olamiz, - deydi Kattaqishloq mahallasida yashovchi Mirzaeva Surayyo. - Har oyda olti yuz ming so‘mdan ziyod maosh olamiz. G‘alladan bo‘shagan erdan yarim gektariga mosh, loviya, kartoshka ekkanmiz. Paxta chopganimizga somon, pilla vaqti un, yog‘ berildi. Ro‘zg‘orimiz shu erni orqasidan, shukur.
Bosh vazir o‘rinbosari fermer xo‘jaligida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga sovg‘a-salomlar ulashdi.
Shundan so‘ng, E.Bositxanova dalada mehnat qilayotgan ayollarni ozroq vaqtlarini olishga ruxsat so‘rab, ularni dala shiyponiga taklif qildi. Suhbat davomida oddiy ayollarning mashaqqatli mehnati, ayol kursidami, daladami, qayda bo‘lmasin oilasining ma’naviy posboni bo‘lishi lozimligi, mehnatga munosib haq to‘lansa, fermerlar tomonidan mehnat sharoitlari yaratib berilsa ayollar hayotdan ko‘ngli to‘lib yashashi mumkinligi borasida fikr almashildi.


| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |