2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev Payariq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari E.Yuldashev joriy yilning 25-iyun kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda 150 nafar fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ulardan 114 ta murojaatlar qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlarning 29 tasi joyida hal etildi.

Xususan, 16 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 nafariga eshitish moslamasi, 5 nafariga qo‘ltiq tayoq, 1 nafariga fuqarolik pasporti olib berilishi, 2 nafariga  davolanish uchun sanatoriyaga yo‘llanma berish masalasi hal qilinib, 2 nafariga huquqiy maslahat berildi hamda 1 million 550 ming so‘m pullar undirilishi ta’minlandi.

Qolgan 85 ta murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Qabul qilingan murojaatlarning 5 tasi sud qarorlari bo‘yicha (fuqarolik – 1, ma’muriy – 4),  7 tasi surishtiruv va tergov masalalari yuzasidan, 87 ta ijtimoiy-iqtisodiy, sud qarorlari va boshqa organlari qarorlari ijrosi bo‘yicha 4 ta, 3 tasi voyaga yetmaganlar va 7 tasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kelib tushdi.

26.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar