Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining sayyor qabulidan keyin kitob yarmarkasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari M.Joʻrayev 24-25-may kunlari Samarqand viloyatining Pastdargʻom va Nurobod tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazdi.

Qabullar avvalida nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik aravachasi, protez-ortopediya vositalari, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga maishiy texnika vositalari va uy-roʻzgʻor buyumlari berildi. Shuningdek, fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, mutaxassislar tomonidan maslahatlar berildi, tibbiy yordam koʻrsatildi.

 

Sayyor qabullar chogʻida fuqarolarning 70 dan ortiq murojaatlari eshitilib, ularning aksariyati joyida mutasaddilar ishtirokida hal etildi. Oʻrganish talab qiladigan murojaatlar yuzasidan muddat belgilandi.

 

Qayd etilishicha, aholi asosan, uy-joy bilan taʼminlash, moddiy yordam, yerga egalik huquqini olish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kredit masalalarida murojaat qilgan. 

 

Pastdargʻom tumanidagi 32-musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazilgan sayyor qabuldan soʻng kitob yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, mahalla profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi vazifasiga tayinlangan yigitlarga xizmat guvohnomalari topshirildi.

 

photo5424960006484241007.jpg

 

photo5424960006484241012.jpg

 

Gʻ.HASANOV, OʻzA

27.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar