2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
17 nafar fuqaro muddatidan oldin ozod qilindi

Farg`ona viloyatida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o`rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari tomonidan aholining jinoiy, Fuqarolik, Ma`muriy va Iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o`tkazildi.

Marg`ilon va Farg`ona shahrida tashkil etilgan sayyor qabulda 125 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shuningdek, mahalla raislari, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazolarni o`tayotgan shaxslar, muqaddam sudlangan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan, shu bilan birga oila va nikoh, uy-joy, mol-mulk, ommaviy huquqiy munosabatlar, ma`muriy huquqbuzarliklar bilan bog`liq masalalar yuzasidan fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etildi.

 

Fuqarolarning nazorat tartibidagi arizalari ham qabul qilindi. 91 fuqaroga shikoyat qilish tartibi va muddatlari, avf etish bo`yicha murojaat qilish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

 

photo_2019-04-07_15-22-00 (2).jpg

 

Shuningdek, jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shtepa tumani sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan Ismoiljon Otaliqov, Kamronbek Qodirov va 168-moddaning 2-qismi “b” bandi bilan Nurillo Ҳaydarovni ayblash haqidagi jinoyat ishi Farg`ona yuridik kollejida sayyor sud majlisida ko`rib chiqildi. Sudlanuvchilarning oilaviy ahvoli, ular tomonidan etkazilgan moddiy zarar qoplanganligi va ishdagi boshqa engillashtiruvchi holatlar inobatga olinib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

 

photo_2019-04-07_15-22-00.jpg

 

Bundan tashqari, sayyor qabullarda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazolarni o`tayotgan 17 nafar fuqarolarga oid materiallar jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona va Marg`ilon shahar hamda Farg`ona tuman sudlari tomonidan ko`rib chiqilib, ushbu fuqarolar jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

 

Xususan, Farg`ona shahar Mehribonlik mahallasida yashovchi Q.Isroilova 2017 yilda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga kirish jinoyatini sodir etib, jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining 2018 yil 12 fevraldagi hukmi bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan. Sayyor qabul davomida Q.Isroilova qilmishidan pushaymonligini, jazodan o`ziga tegishli xulosa chiqarganligini bildirib, jazodan muddatidan oldin ozod qilish haqida murojaat qildi. Uning murojaati yuzasidan Farg`ona shahar ichki ishlar organlari probatsiya guruhi inspektori ishtirokida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan murojaat qilishning qonunda belgilangan tartibi haqida tushuntirish berildi. 

 

Shu kuni Q.Isroilovaga oid material jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi tomonidan ko`rib chiqilib, u tomonidan jazo muddatini o`tash tartibi buzilmagani, ushbu davrda hech qanday huquqbuzarliklar sodir etilmagani, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani e`tiborga olinib, axloq tuzatish ishlari jazosining o`talmagan 1 yilidan O`zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

 

photo_2019-04-07_15-22-01.jpg

 

O`tkazilgan sayyor qabullarda “Farzand omonat” nomli qisqa metrajli videofilm namoyish etilib, yuzdan ortiq fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, 2 ta oilani yarashtirishga erishildi.

 

Bu kabi sayyor qabul Dang`ara tumanidagi Xalq qabulxonasida ham bo`lib o`tdi.

 

M. Sulaymonov, O`zA

07.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar