
Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi nazorat tadbirlari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan aholiga murojaat qildi.
– Energetika sohasida davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ushbu sohada ta’sirchan davlat nazorati ta’minlanmoqda, – deydi M.Eshnazarov o‘z murojaatida. – Xususan, davlatimiz rahbarining 2023 yil 24 maydagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra viloyatda energiya samaradorligiga erishish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash hamda talon-torojliklarning oldini olish borasida kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida 12 ming 353 holatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va buning natijasida ta’minotchilar manfaatlariga 78 milliard 38 million so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida qonun buzilishi va unga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha 76 ta taqdimnoma kiritildi, 478 nafar mansabdor shaxs rasman ogohlantirildi. Shuningdek 194 nafar mas’ul intizomiy, 68 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 90 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Kuz-qish mavsumida viloyatdagi ijtimoiy soha ob’ektlarini energiya resurslari hamda ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir va yoqilg‘i ta’minotidagi muammolarni aniqlash, ularni tezkorlik bilan bartaraf qilish, qonun buzilishi holatlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish orqali mavsumini betalofat o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha Samarqand viloyat shtabi tashkil qilingan. Mazkur shtabda “1055” qisqa raqami orqali murojaat va takliflar tunu kun qabul qilinmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |