Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prokuror murojaati

Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi nazorat tadbirlari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan aholiga murojaat qildi.

– Energetika sohasida davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ushbu sohada ta’sirchan davlat nazorati ta’minlanmoqda, – deydi M.Eshnazarov o‘z murojaatida. – Xususan, davlatimiz rahbarining 2023 yil 24 maydagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra viloyatda energiya samaradorligiga erishish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash hamda talon-torojliklarning oldini olish borasida kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida 12 ming 353 holatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va buning natijasida ta’minotchilar manfaatlariga 78 milliard 38 million so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.  

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida qonun buzilishi va unga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha 76 ta taqdimnoma kiritildi, 478 nafar mansabdor shaxs rasman ogohlantirildi. Shuningdek 194 nafar mas’ul intizomiy, 68 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 90 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Kuz-qish mavsumida viloyatdagi ijtimoiy soha ob’ektlarini energiya resurslari hamda ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir va yoqilg‘i ta’minotidagi muammolarni aniqlash, ularni tezkorlik bilan bartaraf qilish, qonun buzilishi holatlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish orqali mavsumini betalofat o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha Samarqand viloyat shtabi tashkil qilingan. Mazkur shtabda “1055”  qisqa raqami orqali murojaat va takliflar tunu kun qabul qilinmoqda.

02.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлигиВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar