2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoroda sayyor qabullar davom etmoqda

Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida vazirlik va tashkilot rahbarlarining sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida o‘tkazilgan qabul Buxoro hamda Kogon shaharlari, Kogon va Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun tashkil etildi. Unda Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari hamda boshqa qator markaziy idora va tashkilotlar mas’ul rahbarlari, shuningdek, viloyat va shahar hokimliklari mutasaddilari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy, huquqiy va boshqa dolzarb muammolari eshitildi. Shuningdek, ommaviy sayyor qabulda kadastr, bandlik, qishloq xo‘jaligi, elektr va gaz ta’minoti, uy-joy olish kabi turli yo‘nalishlardagi murojaatlar yuzasidan fuqarolar mas’ullardan yechim izladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi mas’ul xodimi M.Tojiboyev, tomonidan sayyor qabulda jami 40 nafar fuqarolar qabul qilindi. 

Unda fuqarolarning 9 nafari jinoyat, 21 nafari fuqarolik ishlari bo‘yicha, 1 nafari iqtisodiy hamda 9 nafari ma’muriy masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Murojaatlarning 32 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. 2 ta Oliy sud raisi qabuliga kirish haqida ariza, 1 ta ma’muriy ishini boshqa viloyatga o‘tkazish to‘g‘risida, 5 ta taftish tartibidagi shikoyat Oliy sud tomonidan o‘rganish uchun qabul qilindi.

Taqdimnoma va iltimosnomalar asosida ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 7 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, 16 nafar fuqaroning MJtKning 315, 316-moddalari bilan bog‘liq ishlar ko‘rilib, murojaatlarning barchasi qanoatlantirildi. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan oilaviy nizo sababli alohida yashayotgan va nikohdan ajratish haqida sudga murojaat qilgan 6 ta fuqarolik ishini ko‘rish jarayonida ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilaga tushuntirish ishlari o‘tkazilishi natijasida 8 nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan oila yarashtirildi.

Pensiya va nafaqa olish maqsadida murojaat qilgan, ammo, hujjatlaridagi xato va kamchiliklar sababli pensiya tayinlanmayotgan 2 nafar shaxsning hujjatlarni tegishli ekanligi fakti belgilanib, ushbu fuqarolarning muammosi ijobiy hal qilindi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Respublika ishchi guruhining sayyor qabuli viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

28.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar