Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyat filiali tashabbusi bilan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutida sayyor qabul o‘tkazildi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xizmatlaridan foydalanish, davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish masalalari hamda davlat fuqarolik xizmati sohasidagi muammolarni ko‘rib chiqish va ularni joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabul doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Давлат fuqarolik xizmatchilari, davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish istagidagi nomzodlar, viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchi bosqich talabalari hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan boshqarmalar vakillari ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Unda so‘z olgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyat filiali rahbari Muhitdin Qo‘ldoshev keyingi yillarda mamlakatimizda kadrlar sohasini raqamlashtirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ishga kirishning ochiq, shaffof va adolatli mexanizmini yo‘lga qo‘yish, kadrlarni tanlash, malakasini oshirish, zaxiraga olish va yuqori lavozimlarga o‘stirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganligini ta’kidladi.
Shuningdek, Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish uchun shu jumladan, nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablar, “Xalqchil davlat xizmati” tamoyili asosida samarali mexanizmlar sohaga tatbiq etilayotganligi qayd etildi.
Mutaxassislar tomonidan ochiq tanlov asosida davlat xizmatlariga ishga kirishda vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish tartiblari haqida ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi.
– Tadbirda ishtirok etib, davlat xizmatlari haqida, ayniqsa, davlat xizmatlariga ishga joylashish bo‘yicha keng ma’lumotlar oldim, – deydi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutining ipakchilik va tutchilik yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Temurmalik Inomjonov. – Ishga joylashish bo‘yicha qulay va shaffof ushbu tizim bitiruvchi talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishiga yaqindan yordam beradi.
Shundan so‘ng davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish masalalari bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyat filiali, shuningdek, viloyat Qishloq xo‘jaligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘simliklar karantini va himoyasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish hamda Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Shuningdek, yuqoridagi tashkilotlar vakillari Andijon viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchi talabalari bilan “Davlat xizmatiga ochiq yo‘l” shiori ostida uchrashuv va muloqotlar o‘tkazdi. Ana shu tashkilotlar faoliyati, ulardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi.
– Ushbu tadbirda bitiruvchilarga boshqarma va tuman, shahar bo‘limlarimizdagi mavjud 22 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif etdik, – deydi O‘simliklar karantini va himoyasi viloyat boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Dilnoza Sultonova. – Shu bilan birga, ishtirokchilarga faoliyatimiz haqida keng tushunchalar berdik, bukletlar tarqatdik.
Sayyor qabul va muloqotlar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldi. Bir guruh talabalar taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishlash istagini bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |