
G‘allaorol tumani “Yashnaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, xonadonlarda parrandachilik, chorvachilik, quyonchilik va asalarichilikni tashkil etish va rivojlantirish borasida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Unda Jizzax viloyat markaziy banki mas’ul xodimi, tuman IIB boshlig‘i, tuman hokimining o‘rinbosarlari, soha mas’ullari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda mahalliy aholi ishtirok etdi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad “Bir mahalla–bir mahsulot” tamoyili asosida vaqtincha ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlab, aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish, chorva va parrandachilikni rivojlantirish, oila byudjetini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishdir.
Shuningdek, ishtirokchilarga xonadonlarni kooperatsiya usulida biriktirish va yetishtirilgan mahsulotni markazlashgan holda realizatsiya qilish, tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha subsidiya, bank xizmatlari va imtiyozli kreditlar ajratish tartiblari to‘g‘risida ham atroflicha tushunchalar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |