Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Murojaatlar deputat nazoratida

Hududlarda aholi tomonidan kelib tushayotgan har qanday murojaatlar deputatlar tomonidan o‘rganib, ijrosi nazoratga olinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Sayat Gichgeldiyevaga o‘zi saylangan hudud To‘rtko‘l tumanidagi “Kaltaminor” ovul fuqarolar yig‘ini aholisidan murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat o‘rganib chiqilganda, aholi tomonidan foydalanib kelayotgan TP-411 transformatori eskirganligi sababli oxirgi bir haftada elektr ta’minotida uzilishlar bo‘layotgani aniqlandi.  

Holat yuzasidan deputat To‘rtko‘l tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari bilan gaplashdi va usha kunning o‘zida muammoni bartaraf qilish uchun ishchilar brigadasi yuborildi. Natijada yaroqsiz transformator yangisiga almashtirildi va korxona ishchilarining sa’y-harakatlari bilan elektr ta’minoti qayta tiklandi.  

Aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan “Paxtachi”, “Otayurt” ovul, “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda ichimlik suvi, elektr energiya ta’minoti, tabiiy gaz bosimining pastligi, “Otayurt” ovul fuqarolar yig‘ini aholisi farzandlari ta’lim olayotgan 9-sonli umumta’lim maktabiga qatnashda “Kaltaminor” kanaliga ko‘prik qo‘rish  yuzasidan taklif bildirildi.  

Ichimlik suvi ta’minoti muammosi bo‘yicha “Qoraqalpoq suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tuman filiali rahbari bilan gaplashildi va shu kunning o‘zida quvurlarni almashtirish uchun qazish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, tabiiy gaz bosimi pastligi bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotgani,  tejamkor gorelkalarni o‘rnatish  bo‘yicha har kuni sektorlar kesimida reydlar o‘tqazilib turilgani qayd etildi.  

17.01.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar