Hududlarda aholi tomonidan kelib tushayotgan har qanday murojaatlar deputatlar tomonidan o‘rganib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Sayat Gichgeldiyevaga o‘zi saylangan hudud To‘rtko‘l tumanidagi “Kaltaminor” ovul fuqarolar yig‘ini aholisidan murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat o‘rganib chiqilganda, aholi tomonidan foydalanib kelayotgan TP-411 transformatori eskirganligi sababli oxirgi bir haftada elektr ta’minotida uzilishlar bo‘layotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan deputat To‘rtko‘l tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari bilan gaplashdi va usha kunning o‘zida muammoni bartaraf qilish uchun ishchilar brigadasi yuborildi. Natijada yaroqsiz transformator yangisiga almashtirildi va korxona ishchilarining sa’y-harakatlari bilan elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan “Paxtachi”, “Otayurt” ovul, “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda ichimlik suvi, elektr energiya ta’minoti, tabiiy gaz bosimining pastligi, “Otayurt” ovul fuqarolar yig‘ini aholisi farzandlari ta’lim olayotgan 9-sonli umumta’lim maktabiga qatnashda “Kaltaminor” kanaliga ko‘prik qo‘rish yuzasidan taklif bildirildi.
Ichimlik suvi ta’minoti muammosi bo‘yicha “Qoraqalpoq suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tuman filiali rahbari bilan gaplashildi va shu kunning o‘zida quvurlarni almashtirish uchun qazish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, tabiiy gaz bosimi pastligi bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotgani, tejamkor gorelkalarni o‘rnatish bo‘yicha har kuni sektorlar kesimida reydlar o‘tqazilib turilgani qayd etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |