Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev hududlardagi o‘rganishlari davomida Namangan shahar tug‘uruq kompleksida bo‘ldi.
Ushbu tibbiyot muassasasi 230 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Shahar hokimi tug‘uruq kompleksi atrofida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari binolarini ko‘rkam holatda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
Kuz-qish mavsumida tug‘uruq kompleksida isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash muhimligi haqida tushuntirishlar o‘tkazildi va bu yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida qo‘shimcha joylarni tashkil etish, kirish yo‘llarini ta’mirlash hamda boshqa infratuzilmani yaxshilash lozimligi qayd etildi.
Shu kuni shahar hokimi Yangi yo‘l mahallasi fuqarolari bilan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida o‘zini o‘zi band qilish uchun ajratilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan bir qator masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ushbu mahalla fuqarosi Akmal Dadaxonovning xonadonda bir necha kun avval ko‘ngilsiz hodisa ro‘y bergan edi. Falokat oqibatida uyning barcha xonalari va jihozlari yonib ketgan. Mas’ullar jabrlangan xonadonda bo‘lib, zararni bartaraf etish va oilaning yashashi uchun tez fursatda qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy ishga kirishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |