
Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashev Jondor tumani “Namgoni” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda tuman xalq qabulxonasi, sektor ishchi guruhi hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etib aholi muammolarini o‘rgandi. Unda 20 ga yaqin fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar o‘rganildi.
– Murojaatim joyida hal etildi, – deydi Yulduz Rahmonova. – Endi hunarimni ishga solib, uyda tikish-bichish bilan shug‘ullanaman. Mahallamizdagi xotin-qizlarga hunarimni o‘rgatib, tikuv sexi ochishni maqsad qilganman.
Quvonarlisi, Yulduz Rahmonovaga o‘xshagan yana uch nafar xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlashlari uchun tikuv mashinasi sektor rahbari tomonidan topshirildi. Shuningdek, bir nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga imtiyozli kredit asosida qora mol, ikki nafar fuqaroga dori-darmon, hamda ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Bu kabi sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholining og‘irini yengil qilish, ularga munosib sharoitni yaratishdan iboratdir.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |