Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi muammolari joyida hal etildi

Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashev Jondor tumani “Namgoni” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tuman xalq qabulxonasi, sektor ishchi guruhi hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etib aholi muammolarini o‘rgandi. Unda 20 ga yaqin fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar o‘rganildi.  

– Murojaatim joyida hal etildi, – deydi  Yulduz Rahmonova. – Endi hunarimni ishga solib, uyda tikish-bichish bilan shug‘ullanaman. Mahallamizdagi xotin-qizlarga hunarimni o‘rgatib, tikuv sexi ochishni maqsad qilganman.  

Quvonarlisi, Yulduz Rahmonovaga o‘xshagan yana uch nafar xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlashlari uchun tikuv mashinasi sektor rahbari tomonidan topshirildi. Shuningdek, bir nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga imtiyozli kredit asosida qora mol, ikki nafar fuqaroga dori-darmon, hamda ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.  

Bu kabi sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholining og‘irini yengil qilish, ularga munosib sharoitni yaratishdan iboratdir.  

19.11.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati

Foydali resurslar