
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 12 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Xalq qabulxonalari davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarini xalqqa yaqinlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etishda muhim oʻrin tutayotgani taʼkidlandi.
– Prezidentimizning joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, mazkur tizimni odamlarga yanada yaqinlashtirish tartibi joriy etildi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri N.Abdullayev. – Yaʼni, endi Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurib oʻrganadi va bartaraf etadi. Zamonaviy avtomobillar bu ishning yanada samarali boʻlishiga xizmat qiladi.
Viloyat shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 2018 yilda jismoniy va yuridik shaxslardan 13 ming 295 ta murojaat kelib tushgan, ularning 8 ming 110 tasiga ijobiy yechim topilgan.
Xalq qabulxonalarining xizmat avtomobillari bilan taʼminlanishi, ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ayniqsa, chekka qishloqlarga borish va u yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini hal qilish imkoniyatini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Akromjon Sattorov, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |