Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Mirzacho‘l obod bo‘lmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoev Mirzacho‘l tumani G‘alaba mahallasida «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Cho‘l hududda joylashgan bu tuman uzoq yillar e’tibordan chetda qolib ketgan edi. Infratuzilma ob’ektlari eskirib, maishiy qiyinchiliklar yuzaga kelgandi. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Obod qishloq» dasturi qabul qilingach, ko‘plab hududlar singari G‘alaba mahallasi ham tom ma’noda obod bo‘ldi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar qurildi, yo‘l bo‘ylari va maydonlar obodonlashtirildi. Bugun bu joylar yangi qiyofa kasb etgan. 

Shavkat Mirziyoev shu mahalladagi “Mirzacho‘l tikuvchilik majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.     

Sobiq paxta tozalash korxonasining bo‘sh turgan binosida 3 milliard so‘mlik qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilgani natijasida yangi ishxona paydo bo‘ldi. Bu erda zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan oilalardagi uy bekalari va kollejlarni bitirgan qizlar “Tadbirkor ayol” ushmasi ko‘magida tikuvchilik kasbiga qayta tayyorlanib, ish bilan ta’minlandi. Korxona yiliga 8 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Hozirda jamoa “O‘zpaxtasanoat” tizimidagi va boshqa korxonalarga shartnoma asosida maxsus kiyimlar tikib berayotir. Jinsi matosidan erkaklar va ayollar uchun kiyim-kechaklar ham tikilmoqda.   

– Mirzacho‘lni  obod qilish bo‘yicha ishlarni bundan keyin ham davom ettiramiz. Maqsadimiz odamlarni rozi qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratish, dedi davlatimiz rahbari. 

Prezidentimiz mazkur mahallaning Barakat ko‘chasida yashovchi Maqsud Misirov xonadonida ham bo‘ldi. Xonadon egalari mirzacho‘lliklarning obod joylarda yashashi va ishlashi uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

01.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar