Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Aniqlangan kamchiliklar joyida hal etiladi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, eksport prognozi va investitsiya dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

Viloyatning joriy yil uchun belgilangan hududiy investitsiya dasturi doirasida 11 ta tadbirkorlik sub’ektiga loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklaridan 13 milliard so‘m kredit ajratildi. 8 ta loyihalar kommunikatsiya tarmoqlariga ulandi.

Misol uchun, “Dildora Dilobar” MCHJga tibbiy uskunalar sotib olish maqsadida “O‘zmilliy bank” AJ viloyat filialidan 520 million so‘m, "Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti" MCHJga ma’muriy bino sotib olish maqsadida “Asaka bank” AJ viloyat filialidan 1,2 milliard so‘m kredit ajratildi.  

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida Qorovulbozor tumanida “Buxara Real Moto” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan yuk mototsikllari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda “Buxoro agroklaster chorva” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy chorvachilik kompleksini tashkil etish loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi. Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 500 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi va yiliga 5 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi belgilangan.

O‘rganishlar dpvomida loyihalarni ishga tushirish jarayonini tezlashtirish, tashabbuskorlarning bojxona va loyihani moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarini ijobiy hal etish borasida mas’ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.   Bu borada o‘rganishlar davom etmoqda.

29.06.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar